To`siq

time limit per test 1.0 second

To‘siq simlarining ustunlari ajoyib shaklga ega:

·         ustun birining ustiga boshqasi joylashtirilgan M ta silindrdan iborat;

·         ustunning silindrlari markazi bitta to‘g‘ri chiziqda yotadi;

·         yuqoridan quyiga qarab sanalganda silindrlar radiusi, mos ravishda, Rk ga teng, 1 ≤ k ≤ M.

To‘siq Oxy tekisligiga perpendikulyar N ta bir xil ustundan iborat. Silindrlari markazlari yotgan to‘g‘ri chiziqlar (Xj; Yj; 0) koordinatali nuqtalardan o‘tgan, 1 ≤ j ≤ N. Aytish joizki, (Xj; Yj; 0) koordinatalar to‘siqni aylanib o‘tish tartibida kiritiladi va ustunlar kesishmaydi!

To‘siq ustunlarining tashqi tomonidan M qator sim tortishdi, ya’ni ustunning har bir silindriga alohida qator sim va har bir qator sim qabariq to‘plam tashkil etadi. Simning har bir qatori Oxy tekisligiga nisbatan bir xil masofadan o‘tadi.

Birinchi satrda natural N va M sonlari kiritiladi. Keyingi N ta satrda probel bilan ajratilgan butun qiymatli Xj va Yj koordinatalar, 1 ≤ j ≤ N (|Xj|<5005, |Yj|<5005), so‘nggi M ta satrda silindrlarning butun qiymatli Rk radiuslari, 1 ≤ k ≤ M, (Rk<55), kiritiladi.

Simlarning umumiy uzunligini 10-2 dan kam bo‘lmagan aniqlikda chiqaruvchi dastur tuzing.

Chegaralashlar: 2≤ N ≤1000, 1≤ M ≤100.


Autor: - Unknown

For send solution